Gaiti milliy birligi hukumati shakllantirildi
Gaiti milliy birligi hukumati to‘lig‘icha shakllantirildi, dedi mamlakat bosh vaziri Ariel Anri davlat televideniyesidagi chiqishida.
"REGNUM" xabariga ko‘ra, uningcha, bunga ikki oy oldingi hukumat va muxolifatning kelishuvi tufayli erishilgan.
Yangi ijroiya hukumatining eng muhim vazifalaridan biri Gaiti Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish uchun qulay muhit hosil qilish va yangi saylovlarni o‘tkazishdan iborat.
Ma’lumot uchun, oktyabrda Gaitidagi jinoiy to‘dalar koalitsiyasi yetakchisi Jimmi Cherize Arielni zudlik bilan bosh vazirlikdan iste’fo berishini talab qilgandi.