Gadoyev So‘hrob Jumakulovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda kredit mexanizmining metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish” mavzusida
Gadoyev So‘hrob Jumakulovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda kredit mexanizmining metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 4-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Tel.: (99871) 239-01-49
e-mail: tdiu@tsue.uz