FVB binosi foydalanishga topshirildi
Yangiyer shahar FVB binosining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, bo‘lim shaxsiy tarkibi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar sohadagi eng so‘ngi o‘zgarishlar, xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
[gallery-17180]
Tadbir doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ham tashkil qilindi. Unda yigit-qizlarning fikr-mulohazalari, istak va takliflari tinglanib, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Bir guruh faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, FVV akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari