FUTBOL: “Surxon” safarda gʻalaba qozondi
Kecha COCA COLA Superligada ikkita oʻyin oʻtkazildi, birida mehmonlar gʻolib boʻldi, ikkinchisida hisob ochilmadi
Kecha COCA COLA Superligada ikkita oʻyin oʻtkazildi, birida mehmonlar gʻolib boʻldi, ikkinchisida hisob ochilmadi
Kecha 19-turning dastlabki ikkita uchrashuvi oʻtkazildi. Andijonda mezbonlar “Soʻgʻdiyona” jamoasini qabul qilishdi. Keskin, murosasiz oʻtgan bahsda hisob ochilmadi.
Buxoroda esa “Surxon” jamoasi mehmon boʻldi. Oʻyinning birinchi boʻlimida kuchlar teng koʻrinish oldi. Ikkinchi boʻlimda esa tashabbusda ustunlik qilgan termizliklar niyatlariga yetishdi. Shoxnazar Norbekov va Abdul Aziz Yusupov tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Surxon” jamoasi muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi.
Ikki oʻyin oʻtkazilgan boʻlsada, hozirdan turnir jadvali haqida gapirishga hali erta. Sababi bugun va ertaga tur oʻyinlari davom ettiriladi. Ana undan keyin Super liganing bugungi kungi vaziyati haqida toʻxtalsak boʻladi.
19-turning dastlabki ikki oʻyini natijalari:
“BUXORO” – “SURXON” - 0:2
Gollar: Shoxnazar Norbekov (47), Abdul Aziz Yusupov (90+6)
“ANDIJON” – “SOʻGʻDIYONA” - 0:0
Turning qolgan oʻyinlari:
14-sentyabr
AGMK — “DINAMO”
“QIZILQUM” — “NASAF”
15-sentyabr
“QOʻQON-1912” — “BUNYODKOR”
“NAVBAHOR” — “PAXTAKOR”
“LOKOMOTIV” — “METALLURG”.