Futbol: O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi “CAFA U20 Women’s Championship 2026”da zafar quchdi
Tojikistonda futbol bo‘yicha “CAFA U20 Women’s Championship 2026” musobaqasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Turnirning so‘nggi turida O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi Tojikiston U20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Viktoriya Sirota boshchiligidagi U20 ayollar terma jamoamiz turnirning 3 ta uchrashuvida 7 ochko jamg‘arib, “CAFA U20 Women’s Championship 2026” turniri g‘olibiga aylandi.
Turnir o‘yinlari davomida hamyurtlarimiz Eron U20 jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Qirg‘iziston U20 jamoasini 1:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA