Fuqarolik protsessual huquqda daʼvoni taʼminlashning protsessual jihatlari
Otabek Shavkatovich PIRMATOV professor v.b. yuridik fanlar doktori (DSc) Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, Oʻzbekiston e-mail: pirmatov.otabek.89@inbox.ru ORCID: 0000-0002-0774-661
Annotatsiya
Maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda sudning hal qiluv qarori ijrosini taʼminlashda daʼvoni taʼminlash institutining ahamiyati yoritib berilgan. Daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi ariza tegishli sudga kelib tushganida uning amalga oshirishi lozim boʻlgan protsessual harakatlari tartibiga ham toʻxatalib oʻtilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar fuqarolik protsessual qonunchiligida daʼvoni taʼminlash choralarining protsessual jihatlari ochib berilgan.
Tayanch soʻzlar: daʼvoni taʼminlash, hal qiluv qarori, taqiqlash, xatlash, ijro, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, mulk va pul mablagʻlari, xususiy shikoyat.