Fuqarolik jamiyati institutlariga ulkan imkoniyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizning yangi shakllangan Parlamentiga murojaatini oynai jahondan koʻrib turib toʻlqinlanib ketdim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizning yangi shakllangan Parlamentiga murojaatini oynai jahondan koʻrib turib toʻlqinlanib ketdim.
Ayniqsa, Davlatimiz Rahbarining “NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini oʻylantirayotgan muammolarga davlat idoralari eʼtiborini qaratib, oʻzlarining asoslangan takliflarini berib borishlari” haqidagi fikrlari zamonaviy Oʻzbekistonda demokratik islohotlarning izchil chuqurlashayotganligining amaldagi isbotidir.
Muhtaram Prezidentimiz Parlamentga qilgan Murojaatlarida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning toʻlaqonli ishtirokchisiga aylanishlari, ularda shu yurt, shu Vatanning, aziz farzandlarimizning hozirgi kuni va kelajagiga daxldor ekanliklarini yana bir bor koʻrsatib berdilar.
Murojaatnomada davlat organlariga, vazirlik va idoralarga mamlakat va hududlar darajasida NNTlar bilan ijtimoiy sheriklikni keng yoʻlga qoʻyish, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni koʻpaytirish vazifalarini quydilar.
Bu oʻz navbatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 10 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari aholining dolzarb muammolarini hal etishda mahalliy davlat boshqaruvi va ijro organlariga koʻmakdosh boʻlishiga, davlat va jamiyatning birligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb uylayman.
U.Xalbekova,
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
masʼul kotibi,
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun”
koʻkrak nishoni sohibasi