Fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida hal etilyapti?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining yig‘ilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqishda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar solindi.
bugungi kunda deputatlar faoliyatida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yangi tizimini yo‘lga qo‘yish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Har chorakda murojaatlardan kelib chiqqan holda aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha vazirliklarning hisobotini eshitib borish, dolzarb muammo va kamchiliklar, ularning yechimi bo‘yicha axborot kiritib borish, vazifalarni belgilab olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Hisobot davrida yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘mita a’zolariga kelib tushgan 269 ta murojaati belgilangan muddatlarda qonun doirasida ko‘rib chiqildi.
Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish belgilab olindi.
M. Komilova, O‘zA