Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha onlayn qabul o‘tkazildi
Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori F.Rahmatulllayev tomonidan Xorazm viloyatida videokonferensiya aloqa vositasi orqali onlayn qabul o‘tkazildi.
Unda viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati probatsiya bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Qabulda jami 17 nafar fuqarodan turli mazmundagi murojaatlar qabul qilinib, shundan 5 tasi aliment qarzdorligini undirish, 2 tasi qarz undirish, 6 tasi jinoiy jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, 4 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil qiladi.

Qabul davomida jami 17 nafar murojaat ko‘rib chiqilib, ulardan 6 tasi ijobiy hal qilindi, 11 ta murojaatni hal etish qo‘shimcha muddat talab etganligi sababli, alohida nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar topshirildi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri