Fransuzlar yo‘qolib ketish xavfidan ogohlantirildi
Fransiya milliy majlisining sobiq deputati Marion Mareshal-Le Penning ta’kidlashicha, 2050 yillarga kelib mamlakatning tub aholisi ozchillikni tashkil etib qoladi. Bu haqda Valeurs actuelles jurnal yozmoqda.
Sobiq deputatning fikricha, bunday natijaga hozirda Parij olib borayotgan siyosat sabab bo‘ladi.
Siyosatchining aniqlik kiritishicha, mamlakatda xorijliklarning assimilyatsiyasiga ishonadi. Biroq, uning aytishicha, bunday bo‘lmaydi, chunki, "chet xalqlar madaniyati mahalliy madaniyatga ko‘proq ta’sir o‘tkazmoqda.
Bundan avvalroq Fransiyaning iste’fodagi generallari va harbiylar guruhi shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqan edi. Ular o‘z nomlarini oshkor qilmay yo‘llagan murojaatida mamlakat prezidenti Emmanuel Makronni davlatning barbod bo‘lishidan ogohlantirgan edi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jerald Darmanen murojaatga javoban ularni jur’atsizlikda aybladi va agar biror narsadan norozi bo‘layotgan bo‘lsa, saylovga borishini maslahat berdi.
Fransiya qurolli kuchlari qo‘mondonligi xat anonim bo‘lgani uchun uning mualliflari borligiga shubha bildirgandi.