Fransiyada soxta sertifikat berish bo‘yicha tergov boshlandi
Fransiya ichki ishlar vazirligi mamlakatda soxta COVID-19 tibbiy sertifikatlarini taqdim etuvchi 400 ta tarmoq bo‘yicha tergov boshlaganini ma’lum qildi.
So‘nggi kunlarda Parij shifoxonasida soxta vaksina sertifikati taqdim etilishi oqibatida vafot etgan ayol Fransiya OAVlari e’tiborini tortdi.
— Bir necha ming soxta COVID-19 tibbiy talonlari aniqlandi, — deydi ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin. — Soxta sertifikatlarni sotish bo‘yicha 400 ga yaqin tekshiruv o‘tkazildi. — Ularning ba’zilarida tibbiyot mutaxassislarining ham qo‘li borligi achinarli holat.
U hozirgacha qancha odam hibsga olingani haqida ma’lumot bermadi.
Fransiya kasalxonalarida intensiv terapiya bo‘limining yarmi virus yuqtirgan bemorlar bilan band bo‘lib, har kuni 100 dan ortiq odam virus bilan vafot etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran Le Parisiyen gazetasiga epidemiya to‘lqini kuchli bo‘lsa-da, o‘sish sekinlasha boshlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 65 yoshdan oshganlarning 90 foizi qayta emlangan.
Ulug‘bek Mahmirzayev