Fransiya Saudiyaga harbiy yordam yuboradi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron aytishicha, Parij Saudiya Arabistonining Qizil dengizdagi asosiy neft eksporti terminali hisoblangan Yanbu muhofazasi uchun “harbiy vosita, jumladan qo‘shin, radar va havo mudofaasi tizimi yuborish”ni rejalashtirgan.
– Jangga qo‘shilish emas, balki majmuani himoya qilish uchun, – deya ta’kidlagan u.
Ma’lumki, Yanbu Podshohlikning Sharq-G‘arb quvuri orqali Fors ko‘rfazi sohilidagi neft qazib oluvchi hududlar bilan bog‘lagan. Hududda yirik xom ashyoni saqlash va qayta ishlash korxonalari joylashgan. Qizil dengizdagi qulay joylashuv esa Saudiyani “qora oltin”ni Yevropa bozoriga yetkazish uchun muqobil yo‘l bilan ta’minlagan.
S.Rahimov, O‘zA