Fransiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Fransiyaning “Maltem Group” kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi “Bocasay” hamda “Esokia” kompaniyalari vakillarini qabul qildi.
Mazkur “Bocasay” IT xizmatlar markazi va autsorsing kompaniyasida 4 ta mamlakatda IT sohasida 150 dan ziyod xodim faoliyat ko‘rsatadi.

“Bocasay” kompaniyasi 2021 yilda tashkil etilgan. Yillik aylanmasi 10-12 million AQSH dollari qiymatiga to‘g‘ri keladi. “Esokia” kompaniyasi esa 2009 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda kompaniyaning 4 ta davlatda ofislari bo‘lib, yuzdan ziyod xodim mehnat qiladi.

Uchrashuvda Fransiyaning “Maltem Group” kompaniyalar tarkibidagi “Bocasay”, “Esokia” vakillari bilan Jizzaxda IT xizmatlari eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari