Fransiya – Eron munosabatlari mustahkamlanadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘zining eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqotida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirish zaruratini ta’kidlab, ularni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi, deyiladi “TASS” xabarida.
Eron prezidenti matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Makron hamkorlik munosabatlari rivoji uchun zarur bo‘lgan sohalarni sanab o‘tgan.
O‘z navbatida, Eron prezidenti Makronning bunday taklifini olqishlab, ikki davlat munosabatlari qayta ko‘rib chiqilib, yangi sahifa ochilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.