FOTOREPORTAJ: Yosh saylovchilar forumi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida yoshlarning saylovga oid bilimini oshirish maqsadida “Yosh saylovchi – 2021” forumi bo‘lib o‘tdi.
Aksiyaning asosiy tadbirlari “Eko-bog‘” hududida tashkil etilib, unda saylash huquqiga ega bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Aksiyaning eng qaynoq nuqtasi, ya’ni yosh saylovchilarga muhim siyosiy jarayon haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi “yosh saylovchi.uz” elektron platformasi haqidagi taqdimotlar hamda munozara, viktorina o‘yinlari har bir yoshga saylov haqida keng tasavvur bera oldi.
Ushbu tadbirlarda yoshlar saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri ekanligi, har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassamligiga yana bir bor amin bo‘lmoqda.
[gallery-4082]
Ta’kidlash joiz, joriy saylovlarda tuman bo‘yicha 5 ming 416 nafar yigit-qiz ilk bor ovoz beradi. Yoshlarning siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, ularning saylov qonunchiligi va jarayoni to‘g‘risidagi bilimini kuchaytirish yo‘lidagi bu kabi aksiyalar har bir yosh saylovchida muhim siyosiy jarayonga bo‘lgan qiziqishini oshirish barobarida yurtga daxldorlik hissini kuchaytirishga ham xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA