Fotoreportaj: Qadr topgan qadriyatlar
Hunarmandchilik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan meros ushbu faoliyat turi istiqlol yillari qayta tiklandi, mazmunan boyidi, iqtisodiyotimizning muhim tarmogʻiga aylandi.
Hunarmandchilik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan meros ushbu faoliyat turi istiqlol yillari qayta tiklandi, mazmunan boyidi, iqtisodiyotimizning muhim tarmogʻiga aylandi.
Soha kishilari qadr topdi. “Hunarmand” uyushmasi, joylarda esa uning boʻlimlari tashkil etildi. Bir paytlar usta va hunarmandlar oʻzlari yaratgan buyumlarni sotish, namoyish etishda turli toʻsiqlarga uchragan boʻlsa, bugun har bir tuman va shaharda Hunarmandlar markazi, bozorlar va savdo majmualarida maxsus savdo rastalari tashkil etilgan.
Yurtboshimizda soha vakillarining mashaqqatli mehnatini munosib ragʻbatlantirish, ularning samarali faoliyati uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratish, mohir ustalar yaratgan uslub va maktablarni yana-da takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hunarmandchilik rivoji sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, yoshlarni foydali mehnatga jalb qilish, turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlar manbasi boʻlib xizmat qilmoqda.