FOTOREPORTAJ: Kumush qish ziynati
Har bir fasl o‘zgacha go‘zaldir.
Qish o‘zining izg‘irin sovug‘i va oppoq qori bilan inson qalbiga soflik, dillarga esa beg‘ubor tuyg‘ular ulashadi. Qishning go‘zalligi ba’zida ko‘zni qamashtiradi.
Navoiyliklar Yangi yilda ham qor ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldi. Avvaliga har tong daraxt va simyog‘ochlarda oppoq qor ya’ni, bulduruq hodisasi kuzatilgan bo‘lsa. Uning ortidan esa pag‘a-pag‘a qor ham yog‘ib, borliq oq libosini kiydi. Oppoq qorga belangan manzaralar esa kishini ertaklar dunyosiga yetaklaydi.
[gallery-687]
Siroj ASLONOV olgan suratlar, O‘zA