Fotonigoh: BMT 80-yubiley sessiyasi qanday o‘tyapti?
Ayni payt butun dunyo nigohi AQSH Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasiga qaratilgan. Ushbu yig‘in nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki global muammolar yechimida hamjihatlik va hamkorlikning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘zA xalqaro anjumanning o‘ziga xos jihatlarini turli manbalardagi suratlardan foydalanib, e’tiboringizga havola etadi.

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya xonim bilan BMT Bosh qarorgohida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy notiqni tinglayapti.

Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an BMT minbaridan G‘azodagi vaziyatga urg‘u berdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron nutq so‘zlashga tayyorlanyapti.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, jurnalist Mariya Ressa va global tinchlik bo‘yicha targ‘ibotchi Maryam Bukar sessiya oldidan birgalikda suratga tushmoqda.

Yevrokomissiya raisiUrsula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta o‘zaro suhbatda.

Mavritaniya Islom Respublikasi delegatlari qizg‘in muhokamada.

Suriya Prezidenti Ahmad Ash-Shara’ ma’muriyat a’zolari bilan.

Armanistonlik delegatlar tanaffus paytida.

Mozambik yetakchisi Daniel Shapu jurnalistlarga intervyu bermoqda.

Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga Bosh Assambleya sessiyasi doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashish uchun tashrif buyurmoqda.

Qozog‘istonlik delegatlar to‘planmoqda.

Oliy minbarda nutq so‘zlagan Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakat G‘azoga 20 000 tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar daftariga iliq fikrlarini yozib qoldirdi.

BMT minbarida nutq so‘zlagan har bir yetakchining bayonoti dunyo diqqat markazida.

Vetnamlik delegatlar.

Xalqaro anjumanni yoritishga kelgan OAV xodimlari qizg‘in ish ustida.

O‘zbekiston delegatsiya vakillari davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida so‘zlayotgan nutqini tinglayotgan payt.

Tashqarida kundalik hayot.

BMT qarorgohiga har bir kirish qismida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
O‘tkir Mirzo tayyorladi.
O‘zA