Forishda yana bir bogʻcha qurildi
Jizzax viloyati Forish tumanidagi Amir Temur mahallasida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi qurib bitkazildi.
Jizzax viloyati Forish tumanidagi Amir Temur mahallasida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi qurib bitkazildi.
Mahallada yetmishinchi yillarning oxirlarida qurilgan inshoot oʻrnida yangi zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasini bunyod etishga davlat byudjetidan 2 milliard 700 million soʻm mablagʻ sarflandi.
Zamonaviy meʼmoriy usulda qurilgan binoda jajji oʻgʻil-qizlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Karantin tugagach mazkur maktabgacha taʼlim muassasasi mahallaning 150 nafar oʻgʻil-qizlarini oʻz bagʻriga oladi.
Keyingi ikki yilda tumanda 11 ta davlat, 57 ta nodavlat, davlat xususiy sherikchilik asosidagi jami 68 ta maktabgacha taʼlim muassasasi yangi tashkil etildi.