“Foreign Languages” teleradiokanali tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy” telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.
O‘zA