Foden ham JCH-2026dan quruq qoladigan boʻldi
Ortda qolgan mavsumda 25 yoshli Foden "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 49 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden Angliya milliy terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Ortda qolgan mavsumda 25 yoshli Foden "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 49 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Mavsum davomida barqaror oʻyin koʻrsatgan boʻlishiga qaramay, bosh murabbiy Tomas Tuxel uni yakuniy roʻyxatdan tashqarida qoldirishga qaror qilgan. Shuningdek, "uch sherlar" tarkibida "Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou hamda "Milan" vakili Fikayo Tomori ham turnirga bormaydigan boʻldi. Avvalroq, markaziy himoyachi Garri Maguayr ham qaydnomadan joy olmasligi maʼlum qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz:
Guruhdagi raqiblar: Angliya terma jamoasi jahon chempionatining "L" guruhida Xorvatiya, Gana va Panama termalariga qarshi maydonga tushadi.