Florian Virts APLda sönggi 10 yillikning eng yaxşi natijasini qayd etdi
Hujumkor yarim himoyaçi 2026/27-yilgi mavsumda zarbaga olib kelgan uzatmalar soni böyiça ham APLda peshqadam.
«Liverpul» Angliya Premyer-ligasida «Mançester Yunayted»ni 4:0 hisobida mağlub etdi. Jamoaning 23 yoşli hujumkor yarim himoyaçisi Florian Virts bir gol urdi, bir golli uzatma berdi va standart vaziyatlarni hisobga olmaganda, jamoadoshlariga 10 ta zarba beriş imkonini yaratdi.
Premyer-liga ma’lumotiga köra, Virts David Silvadan buyon APLning bitta öyinida standart vaziyatlardan taşqari 10 ta zarbaga olib kelgan uzatmani amalga oşirgan ilk futbolçi böldi. Silva 2015-yil mart oyida «Mançester Siti» safida «Vest Bromviç»ga qarşi bahsda 11 ta şunday vaziyat yaratgan edi.
Virts 2026/27-yilgi mavsumda zarbaga olib kelgan uzatmalar soni böyiça ham APLda peshqadam. Uning hisobida 33 ta şunday uzatma bor.