Firibgarning rejasi amalga oshmadi
Buxoroda yana bir firibgarlik holatiga chek qo‘yildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
G‘ijduvon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Vobkent tumani pedagogika kolleji direktor o‘rinbosari M.O. mazkur kollejning maktabgacha ta’lim fakulteti sirtqi yo‘nalishiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritish evaziga firibgarlik yo‘li bilan tumanning “Gajdumak” mahallasi Oqgul qishlog‘idagi “Al-Jahon” kafesida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA