Firibgarning narxi: ishga kiritish 4,5 AQSH dollar
So‘nggi vaqtlarda huquq tartibot organlari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va pora bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi qonuniy choralar ko‘rilayotganiga qaramasdan haligacha bu kabi salbiy holatlar uchramoqda.
Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G‘.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 ming 500 AQSH dollari evaziga IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo‘yishga va’da beradi. Shundan 2 ming 500 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, firibgarlik va pora berish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
A.Musayev, O‘zA