Filippindagi to‘fon qurbonlari 145 kishiga yetdi
Filippinda 24 oktyabrdan beri davom etayotgan “Trami” tropik to‘foni va “Kong Ray” bo‘roni tufayli halok bo‘lgani aniqlangan kishilar soni 145 nafarga yetdi. Bu ma’lumotni Filippinning PNA axborot agentligi Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy kengashi (NDRRMC)ga tayanib tarqatgan.
Atmosfera, geofizika va astronomiya xizmati boshqarmasi (PAGASA) esa ijtimoiy tarmoqda “Kong Ray” to‘foni markazi Cagayan mintaqasidan 350 kilometr masofada qayd etilgani, shamolning tezligi soatiga 230 kilometrga chiqqanini bildirgan.
Batanes muzofoti bo‘ron yaqinlashib, o‘ta kuchaygach, eng yuqoridan oldingi to‘rtinchi darajani e’lon qildi. Rasmiylar kema egalariga dengizga chiqmaslik, dengizdagilarga esa imkon qadar tezroq xavfsiz portga qo‘nishni tavsiya qildi.
Tayvan tomon yo‘l olgan, hisob bo‘yicha yil boshidan buyon 21-bo‘ron ekani aytilayotgan “Kong Ray” bu yil orolga qarab harakatlangan eng kuchli to‘fon bo‘lishi kutilyapti.