FIFA jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda
Joriy yozda bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etildi.
FIFA 2030-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tadan 64 tagacha oshirish imkoniyatini o‘rganishni boshladi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino mundial ishtirokchilari soni kelajakda 64 ta terma jamoagacha kengaytirilishi mumkinligini istisno qilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yozda bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etildi. Turnir g‘olibiga Ispaniya aylandi. Finalda ispanlar Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
2030-yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Musobaqaning 100 yilligi munosabati bilan ochilish uchrashuvlari Urugvay, Paragvay va Argentinada ham o‘tkaziladi.