Festivalda öz iqtidorlarini namoyiş etişdi
Guliston tuman ixtisoslaştirilgan maktab-internatida Rossiya Federatsiyasining «Kelajak texnologiyalarini rivojlantiriş» markazi hamda Respublika fan olimpiadalari markazi hamkorligida «NAUKA 0+» xalqaro ilmiy-maʼrifiy festivali taşkil etildi.
Yoşlarning ilm-fanga qiziqişini oşiriş, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantiriş, ilmiy izlanişlari hamda innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan festivalning Sirdaryo viloyati uçun asosiy yönalişi «Kosmos va agrotexnologiyalar» böldi. Unda öquvçi-yoşlar, pedagoglar, olimlar va ilm-fanga qiziquvçi jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Tadbir davomida kosmik tadqiqotlar, zamonaviy agrotexnologiyalar, robototexnika, fizika, kimyo, biologiya va boşqa tabiiy fanlarga oid ilmiy loyihalar, amaliy işlanmalar hamda innovatsion ğoyalar namoyiş etildi. Ayniqsa, öquvçilarning mustaqil izlanişlari natijasida yaratilgan texnik qurilmalar va amaliy işlanmalar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
[gallery-32373]
Festival doirasida fizika qonuniyatlariga asoslangan tajribalar, kimyoviy reaksiyalar, biologik jarayonlarning körgazmali namoyişlari, koinot sirlari va kosmik tadqiqotlarga bağişlangan loyihalar taqdim etildi. Şuningdek, qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, ekologik muammolarga ilmiy yeçim topiş, robototexnika va muhandislik sohalaridagi işlanmalar ham namoyişdan örin oldi.
Mutaxassislar iştirokida taşkil etilgan mahorat darslari, interaktiv maşğulotlar va ilmiy muloqotlar yoşlarga nazariy bilimlarini amaliyotda sinab köriş, yangi tajriba va könikmalarni egallaş imkonini berdi.
Festivalda Guliston tuman ixtisoslaştirilgan maktab-internati öquvçilari va ustozlari tomonidan tayyorlangan ilmiy loyihalar ham keng jamoatçilikka taqdim etildi. Yoş tadqiqotçilar öz işlanmalarining mazmuni, işlaş tamoyili va amaliy ahamiyati haqida maʼlumot berişib, bilim va salohiyatlarini namoyon qilişdi.
— Bugungi festivalda öquvçilarimiz reaktiv dronlar, favqulodda vaziyatlarda xodimlarga yordam berişga möljallangan robototexnika mahsulotlari, jumladan, kiçik mini-robotlarni namoyiş etişmoqda. Bundan taşqari, fizika va kimyo fanlari böyiça amalga oşirilgan mini-loyihalar ham taqdim etilmoqda, — deydi Guliston tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rahmatulla Ortiqboyev.
Namoyiş etilgan işlanmalar orasida qişloq xöjaligi sohasi uçun möljallangan innovatsion loyihalar ham alohida eʼtiborga sazovor böldi. Jumladan, öquvçilar tomonidan quyoş energiyasi asosida işlaydigan aqlli suğoriş tizimi işlab çiqilgan. Uşbu texnologiya issiqxonalarda quyoş batareyalaridan foydalangan holda suğoriş jarayonini avtomatlaştiriş, ekinlarni öz vaqtida zarur namlik va suv bilan taʼminlaşga qaratilgan.
— Işlanmalar bilan tanişiş jarayonida issiqxonalarda qöllaşga möljallangan aqlli suğoriş tizimi eʼtiborimizni tortdi. Uşbu texnologiya maktabning iqtidorli öquvçilari tomonidan işlab çiqilgan bölib, unda quyoş energiyasidan foydalaniş orqali suğoriş jarayonini yölga qöyiş, ekinlarni öz vaqtida zarur namlik va suv bilan taʼminlaş közda tutilgan. Mazkur loyiha bilan tanişib, juda xursand böldim. Yoşlarning bunday taşabbus va işlanmalarini yuqori baholayman. Zero, suv tejamkorligi va muqobil energiya manbalaridan foydalanişga qaratilgan bu kabi texnologiyalar bugungi kunda yurtimiz uçun dolzarb ahamiyatga ega, — deydi Guliston davlat universiteti Agrotuproqşunoslik va melioratsiya kafedrasi katta öqituvçisi Dilşod Mamarayimov.
Yakunda bir qator öquvçilarning loyihalari alohida eʼtirof etildi. Jumladan, Mirzaobod muhandislik maktabi öquvçilari Diyorbek Akbaraliyev va Uçqun Zamirjonovning mini-dron yaratişga qaratilgan loyihasi munosib deb topildi.
Guliston tuman ixtisoslaştirilgan maktab-internati öquvçilari Xayrullayeva Dinara va Rahmatova Asaloyning çiqindilarni saralaş va tozalaşga möljallangan qurilma haqidagi loyihasi ham iştirokçilar eʼtiborini tortdi. Temurbek Otabekov va Ihlosbek Ortiqboyevlar ham festivalda faol iştirok etişib, öz iqtidorlarini namoyon qilişdi.
Festival söngida faol qatnaşgan öquvçilar diplom, taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat, video), ÖzA muxbirlari