Feruzaning “Dilfuza” o‘quv markazi
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Andijonlik Feruza Tohirova mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, “Dilfuza” o‘quv markazini tashkil etdi.

Ikki yil avval faoliyat boshlagan mazkur o‘quv markazida yoshlar milliy va zamonaviy uslubda liboslar tikish, pazandalik, to‘quvchilik, uy hamshirasi, ayollar sartaroshi, karving san’ati, dizaynerlik, komputer saboqlari, ingliz va rus tili, maktabgacha tayyorlov kurslarida bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda. O‘quv mashg‘ulotlarini yetti nafar tajribali mutaxassis zamonaviy sharoitlarda olib boradi.