Feruza – eng yaxshi milliy raqs ijrochisi
Qibray tumanidagi “Doʻrmon” madaniyat saroyida Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
Qibray tumanidagi “Doʻrmon” madaniyat saroyida Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda 14 ta tuman va shahardan 20 nafar yosh yakkaxon raqs ijrochilari oʻz dasturini namoyish qildi. Ularning milliy raqs yoʻnalishidagi betakror chiqishlari bir qator mezonlar asosida hakamlar tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, chirchiqlik Feruza Muhammadsharipova 1-oʻringa sazovor boʻlib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Qibraylik Maftuna Faxriddinova 2- hamda oqqoʻrgʻonlik Husnora Qurbonovaga 3-oʻrin nasib etdi.
Tanlov gʻolib va sovrindorlariga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.