Ferran Torres PSJga o‘tishga rozilik berdi
PSJ transferni futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytishidan oldin, ya’ni kelasi haftagacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres faoliyatini PSJda davom ettirishga tayyor.
Diario Sport xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Parij klubiga yakuniy roziligini bergan va Luis Enrike jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, PSJ transferni futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytishidan oldin, ya’ni kelasi haftagacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Barselona» Ferran Torres bo‘yicha takliflarni kutayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub rahbariyati futbolchining so‘nggi bayonotlarini jamoani tark etish istagiga ishora sifatida baholagan.
Shunga qaramay, bundan avval kataloniyaliklar JCH g‘olibi bo‘lgan hujumchini jamoada olib qolish va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.