Fayzulla Ahmadaliyev ijodida milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi(+video)
Rassom ustaxonasi — shunchaki ijod qilinadigan joymi? Fayzulla Ahmadaliyev asarlarini mavhum deyish mumkinmi? Yoki ular zamirida biz anglashimiz kerak bo‘lgan ramz va metaforalar yashirinmi? Realistik asarlardan boshlangan ijodiy yo‘l… Darveshlar, jahongashtalar, ziyoratchilar, afsonaviy jonivorlar, «Ona bo‘ri» va qadimiy shaharlar — rassomning 75 yillik ijodiy izlanishlari. Ustaxonasiga birga kirib, rassomning ranglar, obrazlar va ramzlar ortidagi sirli olamini kashf etamiz.
Fayzulla Ahmadaliyev asardan – asarga o‘z ikonagrafiyasi sari bordi; birin-ketin darveshlar, jahongashtalar, ziyoratchilar, afsonaviy xayvonlar, sher, kakku, xo‘roz, “Ona bo‘ri”, so‘ngroq yangi mavzular – to‘siq sifat devor, qadimgi shaharlar va ularni fuqarolari paydo bo‘la boshladi. Bu tez-tez qaytariladigan siymolar rassomning rangi poemalarida har safar yangidan ochiladi, sababi rassom har-bir asarini yangidan-yangi dekorativ elementlar bilan boyitadiki, tug‘iladigan tasavvurlar oqimi va tomoshabinlar e’tibori yangi va yana yashirin metafora va ramzlar qaytariladi. Bu jihatlar ana shunisi bilan ham qiziqarli. Bu o‘rinda rassom o‘z oldiga qo‘ygan o‘ta muhim vazifalarni ustalik bilan hal qilishga erishgan. U ijodining asosiy an’anaviy jihatlarini qayta ko‘rib chiqdi, ya’ni asarni tomoshabin o‘rganib qolgan shakl doirasidan chiqarib, uni yangi rang, plastik yechimlar va tuyg‘ular olamiga olib kirdi.
U tabiatan ranglarning nozik jihatlarini his qila olish qobiliyatiga ega bo‘lsada, ko‘pgina asarlarida u so‘fiylar libosi, loydan ko‘tarilgan devor va paxsalar, qum va umuman quyosh ostida kuygan o‘lka ruhiyatini ifoda etuvchi o‘ta sodda-kulrang kolorit bilan cheklangan.
Munira Ramozonova, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, O‘zA