Faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashdagi, uning iqtisodiy salohiyatini orttirishdagi, sohalarda olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi samarali xizmatlari, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning farovon turmushini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun bir guruh vatandoshlarimiz faxriy unvonlar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov mukofotlanganlarni yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etdi.
[gallery-3749]
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta islohotlar, o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining Orolbӯyiga bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi natijasida barcha hududlarda keng ko‘lamli qurilish hamda obodonlashtirish ishlari, xalqimizning farovon turmushini ta’minlash bo‘yicha bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu ishlarda faol ishtirok etgan bir guruh vatandoshlarimiz yurtimizning yuksak mukofotlarini olishga muyassar bo‘ldi.
Tadbirda faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.
Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar mehnatini yuksak baholagani uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA