Farzandlarim kelajagi uchun ovoz berdim
Guliston tumanida tashkil etilgan 20 saylov uchastkasining barchasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi davom etmoqda.
Guliston tumanida tashkil etilgan 20 saylov uchastkasining barchasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi davom etmoqda.Tumandagi 100-saylov uchastkasida Birinchi Prezidentimizning joriy yil 24-avgustdagi farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan 102 yoshli Munavvar momo Madaipova birinchi bo‘lib ovoz berdi.
–Komissiya a’zolari uyimizdan saylov uchastkasiga olib keldi, – deydi Munavvar momo. – Shukur, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, farzandlarim kelajagidan ko‘nglim to‘q. Baraka topishsin, shifokorlar har kuni holimdan xabar olishadi. Har bayramda hokimiyat vakillari sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlab turibdi. Bugun men ham mamlakatimizning barcha fuqarolar qatori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etib, 120 dan ziyod farzandlarim, nevara-chevaralarim kelajagi uchun ovoz berdim.
Munavvar momo saylov byulletenini qutiga tashlar ekan, shunday kunlarga yetkazganiga shukr, yurtimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka arimasin, ezgu ishlar boshida turganlar omon bo‘lsin, deb duo qildi.