“Farovon oila” loyihasi amalda
Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri – ehtiyojmand aholi qatlamini og‘ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish, ularga bu borada har tomonlama ko‘mak berib, ijtimoiylashuvini ta’minlash.
Shunga asosan, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Tavaryon, Toshloq, Chag‘dari mahallalarida “Farovon oila” treninglariga start berildi.

Mazkur tadbirlarda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari ishtirok etdi. Ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining malakali psixologlari tomonidan darslar o‘tildi.

– Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning kambag‘allik tushunchasi, uning oqibatlari va oila a’zolariga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mezonlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar borasidagi bilim-ko‘nikmalarini oshirish hamda ularning ijtimoiylashuvini ta’minlashdan iborat, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Shavkat Sharipov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri