Farmatsevtika korxonalari faoliyati o‘rganildi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Sirdaryo viloyatidagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar – «Novugen», «River Med» va «Reka Med» faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, korxonalarda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalari hamda yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud quvvatlardan unumli foydalanish hamda aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
M.Qosimova, O‘zA