Farg‘onalik jurnalistlar amaliy seminarlarda mahorat oshirmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan yirik media loyiha – “Media haftalik” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
“Farg‘ona Expo” markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot va seminarlar o‘tkazildi.
O‘zA muxbiri Ikrom Avvalboyev “O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini yoritishning muhim yo‘nalishlari” mavzusida viloyatdagi gazeta va jurnallar bosh muharrirlari, muxbirlar hamda internet jurnalistikasi vakillari bilan muloqot qildi. Seminarda islohotlarni xolis, tezkor va ta’sirchan tarzda yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jurnalist Umida Olimova keyingi o‘n yillikda mamlakatda kuzatilgan o‘zgarishlar dinamikasi, hududlarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar hamda erishilgan yutuqlarni professional va xolis yoritish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
[gallery-29515]
Kontent markazi montaj ustasi Sardor Ma’murov esa hududiy telekanallar tasvirchi va montajchilari uchun “Montaj jarayonida e’tibor qaratiladigan jihatlar: zamonaviy reportaj ritmi” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib bordi.
Ta’kidlanganidek, “Media haftalik” doirasidagi seminar va uchrashuvlar soha vakillarining kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy media ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Media haftalik tadbirlari 22-mayga qadar davom etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA