Farg‘onadagi maktablarda o‘qish 16 yanvardan boshlanadi
Ertadan, 11 yanvardan Farg‘ona viloyatidagi 12 ta oliy o‘quv yurtlari, 76 ta texnikumlar, kollejlar, kasb-hunar maktablarida o‘qish boshlanishi belgilandi.
Viloyatdagi 975 ta umumta’lim, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qish 16 yanvar, dushanba kunidan boshlanishiga qaror qilindi. Viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham 16 yanvardan odatiy faoliyatiga qaytadi.
M.Sulaymonov, O‘zA