Farg‘onada yoshlar chempionati qizg‘in o‘tmoqda (+video)
Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim sport tadbirlaridan biri ayni kunlarda Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Yoshlar sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Davlatimiz rahbari raisligida sport sohasini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida hududlarda turli nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur chempionat ham shular jumlasidandir.
Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi, Milliy gvardiya hamda viloyat hokimligi, shuningdek, hamkor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘z olganlar mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida ta’kidlab, yosh sportchilarga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda sportchilar o‘z mahorat va tayyorgarlik darajasini namoyon etishdi.
Mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan 500 dan ortiq yosh sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashishdi.
Ushbu chempionat yoshlar o‘rtasida qo‘l jangi sport turini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularning mahoratini oshirishda muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
Ta’kidlash joiz, bunday sport tadbirlari yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular tantanali ravishda taqdirlandi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/NdQLO41fb1g" title="Farg`onada yoshlar chempionati qizg`in o`tmoqda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, U. To‘xtayev (video), O‘zA