Farg‘onada Yoshlar biznes markazi ish boshladi
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali binosida tashkil etilgan Yoshlar biznes markazi ish boshladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2,64 milliard so‘m ajratilib, qayta rekonstruksiya qilish orqali tashkil etilgan Yoshlar biznes markazida Book cafe, kovorking markazi, IT-markaz, arxitektura va interer-dizayn markazi, yuridik klinika, kitob do‘koni, yoshlar media studiyasi, sayyohlik agentligi, konferensiyalar zali, xorijiy tillar o‘quv markazi kabi innovatsion bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-4818]
Yoshlar biznes markazi bir vaqtning o‘zida 200 dan ziyod yoshlarni o‘z bag‘riga joylay oladi.
Muqimjon QODIROV olgan (surat), O‘zA