Farg‘onada Yangi yil bayrami tantanalari boshlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida bugun bayramona kayfiyat hukmron – shaharning asosiy maydonlari va dam olish hududlarida Yangi yil archalari tantanali ravishda ochildi. Mazkur tadbirlarda minglab farg‘onaliklar va mehmonlar ishtirok etib, Qorbobo va Qorqiz bilan birga quvnoq onlarni o‘tkazmoqda.
Tantanali ochilish marosimi doirasida viloyat san’atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi. Sahnada ijro etilgan qo‘shiq va raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
[gallery-26708]
Shuningdek, Farg‘ona shahri ko‘chalari bo‘ylab Qorbobolar paradi tashkil etildi. Rang-barang kostyumlardagi ishtirokchilarning chiqishlari, bolalar uchun maxsus o‘yinlar va ko‘ngilochar loyihalar bayramga o‘ziga xos shukuh bag‘ishladi.
Farg‘onadagi bayram tadbirlari nafaqat shahar markazi, balki turli shaharcha va dahalarda ham uyushtirilib, aholi uchun mazmunli hordiq imkoniyati yaratilmoqda. Bezak berilgan archalar, bayramona illyuminatsiya va musiqa sadolari shaharga yanada fayz bag‘ishlamoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA