Farg‘onada xalqaro velopoyga musobaqalariga start berildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha “Grand Prix Fergana” va “Grand Prix Fergana Ladies” xalqaro musobaqalariga tantanali start berildi.
20–21-aprel kunlari o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli sport tadbirida dunyoning qator mamlakatlaridan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston vakillari bilan bir qatorda Indoneziya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Fransiya, Angliya, Ispaniya, Yangi Zelandiya hamda Belarus davlatlaridan kelgan sportchilar ham bor.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, velosport federatsiyasi mas’ullari, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-28858]
Ta’kidlanganidek, ushbu xalqaro musobaqa sportchilar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va velosportni yanada ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA