Farg‘onada uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi
Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko‘plab muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati hamda shahar-tuman hokimliklarida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi.
Viloyat hokimligining telegram kanalida aholi murojaatlarini mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishi uchun ularning telefon raqamlari e’lon qilindi.
Mazkur shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat. Viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Xodjiahmedov markaziy shtab rahbari hisbolanadi.
M. Sulaymonov, O‘zA