Farg‘onada sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida «Sadaf sut» oilaviy korxonasi tomonidan o‘tgan yili ishga tushirilgan yangi ishlab chiqarish majmuasida pishloq va turli xil sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Umumiy qiymati 2,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan «Sadaf sut smons» loyihasi doirasida barpo etilgan korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida 38 turdagi sut mahsuloti tayyorlanadi.
[gallery-30722]
Yangi ishlab chiqarish quvvatining foydalanishga topshirilishi natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda korxonada 350 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda. Kelgusida ularning sonini 600 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Korxona rahbari Sayyidqosim Qoraboyevning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Hozirda Turkiya, Rossiya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbirkorning aytishicha, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turlarini ko‘paytirish imkonini bermoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gWL6UshFBhE?si=rnRecXojXgSnlib3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV(surat,video),O‘zA