Farg‘onada saxovat tadbirlari o‘tkazildi
Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan OʼzLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan «Hech kim mehr-e’tibordan chetda emas!» shiori ostida saxovat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida deputatlar hududlardagi nogironligi bor shaxslar xonadonida bo‘lib, ularga sovg‘a-salomlar ulashishdi. Suhbatlarda ularning ko‘ngillari ko‘tarilib, shukronalik hissi bilan yashash lozimligi ta’kidlandi.
Xususan, OʼzLiDePdan saylangan Farg‘ona shahar Kengashi deputatlari Asrorjon Qodirov va HayotjonErkaboyevlar tomonidan shahardagi «Lolazor», «Istiqlol», «Al-Xorazmiy» hamda «Bobur» mahallalaridagi 29 nafar nogironligi bor shaxslar holidan xabar olindi. Ularga elektr isitish vositalari, o‘quv qurollari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
– Ulug‘ yoshli insonlarni e’zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Albatta, har bir ishimizni ularning oltindan-da qimmat duolari bilan boshlaymiz. Hamisha ulardan maslahat va duo olamiz.
bugungi saxovat tadbirlarimizda ham bir guruh yoshi ulug‘larimiz holidan xabar oldik, – deydi deputat Asrorjon Qodirov.
Shohsulton TO‘XTAMATOV,
OʼzLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi