Farg‘onada ota-bola o‘limiga zaharlanish sabab bo‘ldi
Farg‘ona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 noyabr kunidan 18 noyabr kuniga o‘tar kechasi Farg‘ona tumani, «Gulshan» MFY, Samo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o‘g‘li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishi aytilgan.
M.Sulaymonov, O‘zA