Farg‘onada navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahridagi viloyat «Tadbirkorlar uyi» da yangi haftaning ilk kunida tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev viloyat ishbilarmonlari hamda tadbirkorlarini qiynayotgan masala va muammolarni eshitdi.
Qabulda viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelgan 30 nafardan ziyod fuqarolar qatnashdilar.
Intensiv bog‘ tashkil qilish, tashlandiq yerni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga investitsiya kiritish, bo‘sh turgan yerda bojxona markazi tashkil etish, savdo do‘koni uchun joy ajratish, buzilgan do‘kon uchun kompensatsiya to‘lovini undirish, «Aqlli bekat» qurish, kredit olish, chorva mollariga ozuqa uchun yer maydoni ajratish, tikuv-trikotaj mahsulotlari kompleksini qurish kabi turi masalalarda murojaatlar amalga oshirildi.
Eshitilgan muammolarni o‘rganib chiqish va aniq chora-tadbirlar belgilash uchun tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilariga topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati ishchi guruhi tashkilotlar va idoralar tomonidan aholi muammolariga yechim topish, ularni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam nazorat qilib bormoqda va shunga qarab ko‘rsatkichlar belgilab boriladi.
O‘zA