Farg‘onada mehmonxonalar soni bittaga ko‘paydi
Konstitutitsiya bayrami arafasida Farg‘ona shahridagi “Do‘stlik” mahallasida “Fergana hotel” mehmonxonaci foydalanishga topshirildi. 5 qavatli 50 o‘rinli majmuada barcha qulayliklar yaratilgan.
Bugun xizmatlar va servis sohasiga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois, bu soha mo‘may daromad manbai sanaladi. Mamlakatimizda ham bu borada katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bundan unumli va maqsadli foydalanish esa xalqimiz turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz. Xususan, Farg‘ona viloyatida zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Turizmning rivojida xizmat ko‘rsatish va servis sohasi muhim ahamiyatga ega. bugungi kunda viloyatda 45 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bu yo‘nalishda pandemiyaga sharoitiga qaramasdan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda 10 ta yangi mehmonxona qurilib, ish boshlagani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mazkur yangi mehmonxona ham ana shulardan biridir.
[gallery-317]
Tadbirkor Sherzodjon Botirov tomonidan 4 milliard 200 million so‘mlik mablag‘ evaziga mazkur majmua bunyod etildi. Milliy ko‘rinish aks ettirilgan mehmonxonada restoran, fitnes klub, konferensiya zali, yozgi dam olish maskani faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu kabi qulay shart-sharoitlar mehmonlar va xorijiy sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Mehmonxonada 21 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
M.SULAYMONOV, M. Qodirov (surat), O‘zA