Farg‘onada mamlakatimiz kutubxonachilari seminari o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Shu yilning 10-11 sentyabr kunlari Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida mintaqaviy seminar tashkil etildi.
Anjumanga Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, tuman va shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir dasturiga ko‘ra, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda respublikamizda ilk bor «Farg‘ona tajribasi» sifatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan islohotlar mavzuida o‘zaro tajriba almashildi.
[gallery-19225]
- Prezidentimizning soha rivojini ta’minlashga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida keyingi besh yilda viloyatdagi 18 ta tuman, shahar axborot-kutubxona markazlari faoliyati zamonaviy mezonlar asosida tashkil etiliga erishildi, - deydi Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Husniya Shermatova. - Ezgu tashabbuslar doirasida yaqinda viloyat axborot-kutubxona markazi ham mukammal ta’mirdan chiqarilib, kitobxonlar uchun barcha qulayliklar muhayyo etildi.
Seminar qatnashchilari Quvasoy shahri va Quva tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, kitob fondlari hamda yangi jihozlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Yozyovon, Toshloq, Bag‘dod, Dang‘ara tuman axborot-kutubxona markazi hamda Qo‘qon shahridagi Amiriy kutubxonasi ish faoliyatini o‘rganish asnosida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan birga amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Marg‘ilon shahridagi «Hunarmandlar markazi», Rishton tumani kulollari faoliyati, rishtonlik 84 yoshli Hasanboy ota kutubxonasi seminar ishtirokchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA