Farg‘onada Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali bayram tadbirini Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kirish so‘zi bilan ochib, joriy yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayotimiz uchun mustahkam huquqiy asosga aylanganini ta’kidladi.
[gallery-14977]
Bayram tantanalari taniqli san’at ustalarining katta gala-konserti bilan davom etdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA