Farğonada iqtisodiyotning yarmi sanoatlaşgan qişloq xöjaligiga tegişli
Yaqin yillarga qadar Farğona viloyati qişloq xöjaligida paxta va don yetiştiriş asosiy örinni egallagan bölsa, sönggi yillarda tarmoqda sezilarli tarkibiy özgarişlar yuz berdi. Xususan, boğlar maydoni ikki barobar kengaydi, uzum va gilos yetiştiriş hajmi esa 4–5 barobarga oşdi. Quritilgan mevalar ham eksport tarkibida yuqori örinlardan birini egallay boşladi.
Örmon xöjaligida damlama giyohlarni köpaytirib, qayta işlab qadoqlaş va xorijga sotiş yölga qöyildi. Şuningdek, minglab gektar pistazor, yonğoqzorlar bunyod etildi.
Baliqçilikda-ku mislsiz yutuqlarga erişilmoqda. Farğona viloyati aholi ehtiyojidan orttirib, baliq mahsulotlarini çetga ham çiqarmoqda. Forel baliği boqiş kabi noyob yönaliş ham oçilgan. Bularning barçasi quvonçli natija berdi: 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 41 mlrd 711,5 mln sömni taşkil etdi.
Mazkur körsatkiçning tarmoqlar böyiça taqsimoti quyidagiça:
Dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik hamda uşbu sohalarda körsatilgan xizmatlar – 37 268,5 mlrd söm;
Örmon xöjaligi – 4 028,9 mlrd söm;
Baliqçilik xöjaligi – 414,1 mlrd söm.
Tahlillarga köra, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 89,3 foizi dehqonçilik va çorvaçilik, ovçilik hamda uşbu sohalarda körsatilgan xizmatlar hissasiga töğri kelmoqda. Uşbu körsatkiçlar viloyat iqtisodiyotida qişloq xöjaligi tarmoğining muhim örin tutişini aks ettiradi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA